Bu dastlabki to'lovsiz salondan yangi avtomobildan tezda, yo'l harakati politsiyasida sizning nomingizga ro'yxatdan o'tkazib va keyinchalik asta-sekin sotib olish orqali foydalanishning qulay usulidir.
"Korona Lizing" taklifida dastlabki to'lov haqiqatan ham mavjud emas. Bu hech qanday jamg'armalar yo'qligida yoki boshqa maqsadlar uchun pul kerak bo'lganda qulaydir. Siz darhol salondan yangi avtomobilni olib ketasiz va birinchi to'lovni shartnoma tuzilgandan keyin bir oy o'tgach amalga oshirasiz.
Ha, siz to'g'ri kelgan moshinani tanlashingiz va Korona ilovasida ariza topshirishingiz mumkin va salonga tashrif buyurish faqat shartnomani rasmiylashtirish va moshinani olish uchun kerak bo'ladi.
Avtomobilni lizingga olish Korona ilovasi mijozlari uchun "Korona Lizing" AJning shaxsiy taklifiga binoan mavjud.
Ha, ushbu xizmatdan nafaqat Rossiya fuqarolari, balki 18 yoshdan 75 yoshgacha bo'lgan Tojikiston, O'zbekiston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Armaniston, Gurjiston fuqarolari ham foydalanishlari mumkin.
Lizing shartnomasini tuzish va keyinchalik salonda avtomobilni olish uchun sizga pasport yoki ID-karta, shuningdek pasport yoki ID-kartaning notarial tasdiqlangan tarjimasi va hozirgi yashash joyida ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi bildirishnoma kerak bo'ladi.
3 million rublgacha bo'lgan mashhur Xitoy krossoverlari va sedanlari: Haval, CHERY, JAC, OMODA, FAW. Lizing uchun taqdim etilgan barcha moshinalar yangi, faqat salondan. Mavjud variantlarni Korona mobil ilovasida ko'ring va tanlang.
Hammasi oddiy, qulay va tez:
- 1Smartfoningizda Korona mobil ilovasini oching. Agar siz "Lizing" bo'limini ko'rsangiz, bu siz uchun "Korona Lizing" AJning individual taklifi mavjudligini anglatadi. Unga o'ting, o'zingiz yoqtirgan avtomobilni tanlang va bron qiling.
- 2Bronni tasdiqlash va barcha savollarga javob berish uchun sizga kompaniya xodimi qo'ng'iroq qiladi. Siz bron qilgan avtomobil joylashgan avtosalon manzili ilovada paydo bo'ladi.
- 3Avtosalonga tashrif buyuring, moshinani tekshiring va u yerda odatda 10-15 daqiqa davom etadigan shartnomani rasmiylashtirishni yakunlang.
- 4Yangi avotomobilda salondan chiqing. Uni 7 kun ichida yo'l harakati politsiyasida ro'yxatdan o'tkazishni unutmang.
Avtomobilni Qirg'iziston, Tojikiston, O'zbekiston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Gurjiston, Armaniston, Moldova va Rossiya fuqarolari lizingga olishlari mumkin.
Siz avtomobilni 7 kunga bron qilishingiz mumkin. Bu sizni hech narsaga majburlamaydi. Ilovadagi bronni bekor qilish yoki o'zgartirish oson.
Kutish shart emas – ilovada keltirilgan barcha avtomobillar mavjud. Ularning ichidan xohlaganingizni bron qilish va o'sha kunning o'zida ko'rsatilgan salondan olib ketishingiz mumkin.
Siz avtomobilni o'zingizning nomingizga yo'l harakati politsiyasida ro'yxatdan o'tkazasiz. Moshinani sotib olgandan keyin 7 kun ichida ro'yxatdan o'tkazish kerak.
Shartnoma imzolangandan so'ng darhol. Rasmiylashtirish odatda 10-15 daqiqa davom etadi. Siz salonni yangi avtomobilda tark etishingiz mumkin.
Olingan avtomobildan qanday foydalanishni o'zingiz hal qilasiz: daromad olish, ijaraga berish, oilaviy ishlar uchun.
Ha, siz avtomobildan qanday foydalanishni o'zingiz aniqlaysiz va uni ijaraga berishingiz ham mumkin.
Ha, albatta. Siz avtomobilni lizinga o'zingiz uchun olasiz va qarindoshlaringiz, do'stlaringiz yoki tanishlaringiz undan foydalanishlari mumkin (agar ular haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lsa va OSAGO sug'urtasiga kiritilgan bo'lsa). Shuni unutmangki, avtomobil sotib olinmaguncha Rossiya Federatsiyasi chegarasini kesib o'tmasligi kerak.
5 yilga, lekin siz avtomobilni istalgan vaqtda sotib olishingiz mumkin.
Ha, siz avtomobilni istalgan vaqtda sotib olishingiz mumkin.
Ha, lizing shartnomasi bo'yicha qisman muddatidan oldin to'lash nazarga olingan. Oylik to'lov miqdoridan tashqari qisman muddatidan oldin to'lash uchun minimal miqdor 10 000 rub. Jadval bo'yicha to'lash va jadvalni o'zgartirish oylik to'lov sanasida amalga oshiriladi.
Yo'q, lizing shartnomasini rasmiylashtirish uchun haydovchilik guvohnomasi kerak bo'lmaydi. Ammo ular avtomobilni haydash uchun zarurdir.
Lizing - bu transport vositasini ijaraga olish emas. Bu yerda siz o'zingiz uchun maxsus sotib olingan yangi moshinadan foydalanasiz. Lizing shartnomasi muddati tugagandan so'ng, avtomobilni sotib olib, uni o'z nomingizga ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin. To'lovlar nafaqat avtomobildan foydalanish uchun, balki avtomobil narxi va lizingga beruvchining xizmatlarini ham o'z ichiga oladi. Muddatidan oldin bekor qilinganda esa hisob-kitob amalga oshiriladi va vaziyatga qarab siz qo'shimcha pul to'laysiz yoki kompensatsiya olasiz.
Korona ilovasida to'lovlarni amalga oshirish qulay. Buning uchun "Lizing" yorlig'ini oching, amaldagi shartnomani toping va "Oylik to'lovni amalga oshirish" tugmasini bosing.
Ha, ilovada har bir avtomobilning kartasida nafaqat uning sotib olish qiymati, balki oylik to'lov miqdori ham allaqachon ko'rsatilgan. Siz ushbu ma'lumotni avtomobilni tanlash bosqichida ko'rasiz.
Ilovada keltirilgan barcha moshinalar vakolatli dilerning kafolati ostida.
Ha, siz OSAGO sug'urtasini o'zingiz rasmiylashtirishingiz kerak. Diqqat qiling: qo'shimcha sug'urta talab qilinmaydi.
- Dastlabki to'lov yo'q.
- Barcha moshinalar yangi, salondan, kafolat ostida va mavjud.
- Moshina sizning nomingizga rasmiylashtiriladi.
- Ariza berishning qulay formati - ilova orqali amalga oshiriladi.
- Salonda oddiy va tezkor bitim tuzilishi.
- Minimal hujjatlar to'plami.
- Daromadni tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi.
- Siz darhol sotib olish qiymatini ko'rasiz va u shartnomada belgilanadi.
- Istalgan vaqtda va birinchi 4 oyda ortiqcha to'lovlarsiz sotib olish mumkin.
- Qo'shimcha sug'urta talab qilinmaydi, faqat OSAGO.
- Avtomobil sizning oilangiz, do'stlaringiz, tanishlaringiz tomonidan ishlatilishi mumkin.
- Ilovada to'lovlarni amalga oshirish uchun komissiya yo'q.
- Taksida ishlash, ijaraga berish uchun foydalanish mumkin.
Lizing shartnomasi bo'yicha avtomobil sotib olinmaguncha uning egasi "Korona Lizing" AJ hisoblanadi.
Yo'q, moshina to'liq sotib olinmaguncha, lizing moshinasida Rossiya Federatsiyasi chegaralarini kesib o'tish mumkin emas.
Yo'q, avtomobilni sotish va egasini almashtirish (lizing berilgan shaxsni) taqiqlanadi. Shu bilan birga, siz moshinadan shaxsiy ehtiyojlaringiz va ish uchun ham foydalanishingiz, ijaraga, shuningdek qarindoshlaringiz va do'stlaringizga (haydovchilik guvohnomasi bo'lsa) foydalanishlariga berishingiz mumkin.
Avtomobilga qo'shimcha uskunalar faqat "Korona Lizing" AJning roziligini olgandan keyingina o'rnatilishi mumkin.
Kafolat amal qilishini saqlab qolish uchun avtomobilga har qanday texnik xizmat ko'rsatish vakolatli dilerlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Transport solig'ini to'lash - avtomobilni lizingga olgan (lizingga oluvchi) shaxsning majburiyati.
Yo'l harakati bo'yicha huquqbuzarliklar uchun jarimalarni avtomobilni lizinga olgan shaxs (lizingga oluvchi) to'lashi kerak.
— "OTSENOCHNAYA KOMPANIYA "YURDIS" MChJ
— (STIR 7710431830), 125445, Moskva sh., Smolnaya ko'ch., 24A uy
— "APEKS GRUP" MCh ( STIR 7743001783), 125475, Moskva sh., Dibenko ko'ch., 38-uy, 1-korpus, 3-qavat, 2-k, 105-of.
— "SNES" MChJ (STIR 7702019460), 107023, Moskva sh., Malaya Semenovskaya ko'ch., 9-uy, 3-bino
Avtomobilni baholash bo'yicha hisobotni avtomobilni lizingga olgan kishi to'laydi.
Ilovani o'rnatish uchun telefon kamerasini QR-kodga yo'naltirish kerak